Sevimli janringizni tanlang va to'g'ri kanalga o'ting
Sevimli kontent turini tanlang va to'g'ri kanalga o'ting
AniLegend — boshida shunchaki hobbi sifatida ochilgan oddiy Telegram kanal edi. 2023-yil may oyida nom o'ylab topildi: "AniLegend" — biz chiqargan animelar afsonalar kabi insonlar qalbida qolsin degan ma'noni anglatadi.
"Biz hammasini 0 dan boshlaganmiz. Albatta, boshida xatolar bo'ladi.
Umid qilamizki, bizning muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlaydi."
— Obidjonov Jumadillo, AniLegend asoschisi
Endi hobbi sifatida boshlangan AniLegend brendi ostida anime, donghua, multfilm, kino va doramalarni — umumiy qilib aytganda, turli medialarni o'zbek tilida muxlislarga taqdim etuvchi dublyaj studiyasi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Biz 0 dan boshladik — va bu afsona hali uzoq davom etadi. 🌟